Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

O'zbekiston Respublikasining "Metrologiya to'g'risidagi" qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 51
Juda yomon!A'lo! 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

28.12.1993 y.

N 1004-XII

METROLOGIYA TO‘G‘RISIDA

 

Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgn

O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni,

O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni

 

I bo‘lim. Umumiy qoidalar (1-4-1-moddalar)

II bo‘lim. Fizik o‘lcham birliklari, ularni

qayta hosil qilish va qo‘llash (5-8-moddalar)

III bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasining

metrologiya xizmatlari (9-11-moddalar)

IV bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi

va nazorati (12-19-moddalar)

V bo‘lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy

ta'minlash (20-21-moddalar)

 

I Bo‘LIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Asosiy tushunchalar

2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish

4-1-modda. O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini

ta'minlashga oid normativ hujjatlar

1-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:

"metrologiya" - O‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;

"yagona O‘lchov birligi" - O‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma'lum bo‘lgan O‘lchov holati;

"O‘lchov vositasi" - O‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;

"birlik etaloni" - fizik o‘lcham birligini boshqa O‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan O‘lchov vositasi;

davlat etaloni" - vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘lchov birligining o‘lchami sifatida e'tirofetilgan etalon;

"metrologik xizmati" - davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning O‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta'minlashga qaratilgan faoliyati;

"Davlat metrologiya nazorati" - metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;

"O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish" - O‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;

"O‘lchov vositalarini kalibrlash" - metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va O‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;

O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuniga muvofiq o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlangan

"O‘lchov vositalarini yasash (ta'mirlash, sotish, ijaraga berish) uchun listenziya" - davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan, mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini guvohlantiruvchi hujjat.

"O‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish" - yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) O‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e'tirofetilishi;

"Metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish" - O‘lchovlarning yagona birligini ta'minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e'tirofetilishi; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

"O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish" - yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada O‘lchov vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishga vakolatli ekanligining rasmiy e'tirofetilishi; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

"O‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish" - O‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

"O‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti" - operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma'lum bo‘lgan O‘lchov natijalari olishni ta'minlaydi; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘zga qonun hujjatlaridan iboratdir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

Basharti xalqaro shartnomada yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llanadi.

4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish

Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ - O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O‘zstandart" agentligi) amalga oshiradi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

"O‘zstandart" vakolatiga: (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta'minlash qoidalarini belgilash; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

O‘lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;

davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;

metrologiya masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni qabul qilish;

metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish kiradi;

O‘zbekiston Respublikasining O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro O‘lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning O‘lchovlar tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta'minlash; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

iste'molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri O‘lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

4-1-modda. O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlashga oid normativ hujjatlar

O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni "O‘zstandart" agentligi amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlashga oid, "O‘zstandart" agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan normativ hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda)

 

II Bo‘LIM. FIZIK O‘LCHAM BIRLIKLARI, ULARNI QAYTA HOSIL QILISH VA Qo‘LLASH

5-modda. Fizik o‘lcham birliklari

6-modda. Fizik o‘lchamlar birliklarining etalonlari

7-modda. O‘lchov vositalari

8-modda. O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari

5-modda. Fizik o‘lcham birliklari

O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning fizik o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Fizik o‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari "O‘zstandart"ning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro o‘lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘lchamlarni qo‘llashga ruxsat berishi mumkin.

Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida kontrakt shartlariga muvofiq fizik o‘lchamlarning o‘zga birliklari ham ishlatilishi mumkin.

6-modda. Fizik o‘lchamlar birliklarining etalonlari

Fizik o‘lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta tayyorlanadi.

Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibini "O‘zstandart" belgilaydi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

7-modda. O‘lchov vositalari

Foydalanishda bo‘lgan O‘lchov vositalari O‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta'minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim.

Texnika vositalarini O‘lchov vositalariga mansub deb topish mezonini "O‘zstandart" belgilaydi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

8-modda. O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari

O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari O‘lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o‘z ichiga olishi va O‘lchov o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta'minlashi lozim. O‘lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan O‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim. (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi qism)

OO‘lchovlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiya qilish tartibini "O‘zstandart" belgilaydi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

III BO‘LIM. O‘zbekiston RESPUBLIKASINING METROLOGIYA XIZMATLARI

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi

10-modda. Davlat metrologiya xizmati

11-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari

 

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi

O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.

 

10-modda. Davlat metrologiya xizmati

"O‘zstandart" boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

 

11-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari

Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda O‘lchovlarning yagona birligini ta'minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.

Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi.

IV BO‘LIM. DAVLAT METROLOGIYA TEKSHIRUVI VA NAZORATI

12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi

va nazoratini o‘tkazish tartibi

13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi

va nazorati obyektlari

14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi

va nazorati tatbiq etiladigan doiralar

15-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari

16-modda. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash

17-modda. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish

18-modda. O‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya

qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish uchun yuridik

va jismoniy shaxslarning faoliyatiga listenziya berish

18-1-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga

oshirish huquqi bilan ta'minlash uchun yuridik

va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish

19-modda. Metrologiya normalari va qoidalarini

buzganlik uchun javobgarlik

12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish tartibi.

Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.

Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari

Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari hisoblanadi:

etalonlar;

O‘lchov vositalari;

moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;

axborot-O‘lchov tizimlari;

O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari;

metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.

14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar

Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:

sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;

moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;

savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

zaharli, engil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;

davlat mudofaasini ta'minlash;

mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta'minlash;

sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;

geodezik va gidrometeorologik ishlar;

O‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta'mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;

foydali qazilmalarni qazib olish;

milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.

15-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari

Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

O‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;

O‘lchov vositalarini hamda O‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

O‘lchov vositalarini, shu jumladan, etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;

O‘lchov vositalarini hamda O‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish,O‘lchov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;

yuridik va jismoniy shaxslarning O‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shug‘ullanishga doir faoliyati listenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

O‘lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

Davlat metrologiya nazorati:

O‘lchov vositalarini tayyorlash, ta'mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (fizik o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, O‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda);

O‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;

belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Zarur hollarda "O‘zstandart" qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

16-modda. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash

Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan O‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.

O‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reestriga kiritishni "O‘zstandart" amalga oshiradi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Tasdiqlangan O‘lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reestri belgisini qo‘yishi shart.

Boshqa davlatlarning O‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq e'tirofetiladi.

17-modda. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish

Tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan O‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati "O‘zstandart" tomonidan tasdiqlanadi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish huquqi berilishi mumkin.

Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan O‘lchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida e'tirofetiladi.

17-1-modda. O‘lchov vositalarini kalibrlash

(O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda)

Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan O‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta'mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.

O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin.

Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi "O‘zstandart" tomonidan belgilanadi". (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

18-modda. O‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga listenziya berish

Ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan O‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan listenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda)

 

18-1-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan ta'minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish

Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, O‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, ta'mirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan ta'minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish "O‘zstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda)

 

19-modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

Ushbu Qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

 

V Bo‘LIM. METROLOGIYA ISHLARINI MOLIYAVIY TA'MINLASH

20-modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy ta'minlash

21-modda. Metrologik ishlar va xizmatlar uchun haq to‘lash

 

20-modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy ta'minlash

 

Davlat tomonidan quyidagilar:

metrologiyani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish;

metrologiya sohasida rasmiy axborotlar bilan ta'minlash;

metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida qatnashish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;

metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishda qatnashish;

metrologiya sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

metrologiya bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘zga ishlarni o‘tkazish;

O‘lchovlarning yagona birligini ta'minlashga doir "O‘zstandart" agentligi tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

fizik o‘lcham birliklarining etalonlarini va o‘ta aniq namunaviy O‘lchov vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, sotib olish va asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta'minlash; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, shuningdek moddalar va materiallarning fizik konstantalari hamda xossalariga oid standart spravka ma'lumotlari ishlab chiqish va joriy etish davlat tizimlarini rivojlantirishga doir ishlar;

davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir ishlar albatta byudjetdan moliyaviy ta'minlanishi shart. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

21-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash

O‘lchov vositalarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, O‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, O‘lchovlarning bajarilish sifatini baholash bo‘yicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan metrologiya ishlari va xizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaxslar tomonidan haq tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq to‘lanadi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda)

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

I. Karimov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi axborotnomasi, 1994 yil, N 2, 48-modda


 

Manbalar : http://lex.uz

http://www.standart.uz/files/download/113


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 21.11.2018 12:03  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 10914493

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis