Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

Uilyam Rankin

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Uilyam Rankin

Uilyam Jon Makuorn Rankin [Renkin] (inglizcha William John Macquorn Rankine) - shotland fizigi, mexanik-muhandis, muhandislik termodinamikasi asoschilaridan biri, Edinburg universiteti professori. 1820-yilning 5-iyulida, Britaniya Imperiyasi, Shotlandiya davlatining Edinburg shahrida, tug‘ilgan. U 1836-1838 yillarda Edinburg universitetida tahsil olgan, biroq, tang moliyaviy ahvoli tufayli o‘qishni to‘liq tamomlay olmagan. 1849-yilda, Klauziusdan mustaqil ravishda, mexanik energiya va issiqlik miqdori ekvivalentligining umumlashtiruvchi tenglamasini keltirib chiqarishga erishgan. Uning asosiy ishlari, gazlarning termodinamik xususiyatlarining tadqiq qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, 1850-yilda Rankin, suv bug‘larining turli haroratlardagi xossalarini ifoda etuvchi jadvallarni e'lon qilgan edi. Ushbu jadvallar keyingi davrlarda, ayniqsa bug‘ qozonlari qo‘llanadigan sohalarda keng foydalanilgan. Rankin 1859-yilda, bug‘ mashinalarining to‘liq nazariy bayonini keltirib chiqaradi; xususan u, bug‘ dvigateli uchun ideal siklni ishlab chiqadi, bu sikl keyinchalik uning nomi bilan ataladi. Aynan shu yili Uilyam Rankin tomonidan, Glazgo universiteti uchun yozilgan, "Bug‘ mashinalari haqida qo‘llanma" kitobi, termodinamika tarixidagi ilk darslik-o‘quv qo‘llanmasi hisoblanadi.

Uilyam Rankin, Riman, Dopler, Max va Gyuginiolar bilan bir qatorda, gaz dinamikasining asoschilaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Unda olim, zarba to‘lqinlarini o‘rganish orqali, Gyuginiodan 17 yil avval yorilish sirti yuzaga kelishining to‘g‘ri shartlarini (ya'ni, muayyan yorilish yuzasidan o‘tishda, fizik kattaliklarning sakrash bilan o‘zgarishi shartlarini) keltirib chiqadi.

Uilyam Rankin, mexanika va termodinamikada keng qo‘llaniladigan, potensial energiya, adiabatik va izotermik jarayonlar kabi tushunchalarni ilm-fanga joriy etgan. Zarba to‘lqinlari nazariyasida, Rankin-Gyuginio adiabatasi tushunchasi bilan mashhurdir. Shuningdek, Rankin ishlab chiqqan harorat shkalasi va Rankin termodinamik gradusi ham ba'zi mamlakatlarda hali hanuz amalda qo‘llanadi.

 

Yangilаndi: 24.05.2019 12:15  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 805
O'qilgan sahifalar soni : 4221061

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)