Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

1990 Yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90).

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

1990 Yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90).

1990 yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90), 1989 yilda, 18- OTXK talabiga binoan, 1968 va 1948 yillarda qabul qilingan Xalqaro Amaliy Harorat Shkalasi (XAHSh-68, XASh-48), hamda, 1927 yildagi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-27) larning ornini bosuvchi shkala sifatida, Olchov va Tarozilar Xalqaro Qomitasi tomonidan joriy qilingan edi. Ushbu XHSh-90 ham, avvalgilariga oxshaydi, lekin unda, tayanch nuqtalar uchun, yanada aniqroq qiymatlar belgilanganligi, hamda, keng diapazonlarda qollash imkoniyati va termodinamik shkalaga yana ham yaqinroq ekanligiga kora, ancha takomillashgandir. Bu shkalada ham, termodinamik harorat T ning birligi kelvin, K bolib, u suvning uchlanma nuqtasining termodinamik haroratining 1/273.16 qismi sifatida qabul qilingan. Bu harorat, mazkur shkala uchun yagona tayanch nuqtasi hisoblanadi va u, termometrlarni XHSh-90 ga kora sozlashda asosiy orin tutadi.

Selsiy shkalasidagi harorat olchov birligi Selsiy gradusining C ning qiymati bilan, kelvin gradusi K ning qiymati teng. Haroratlar farqi, Kelvin gradusida ham, yoki, selsiy gradusida ham ifodalanishi mumkin. Muzning erish harorati, XHSh-90 da ham, XAHSh-68 dagi kabi, 0 C (273.15 K) etib belgilangan, lekin, suvning qaynash harorati, XHSh-90 da 99.975 C (0.005 C noaniqlik bilan) tarzida belgilangan, XAHSh-68 da esa, bu qiymat

100.00 C ga teng edi. Kiritilgan ozgartirishlar, gaz termometriyasi yordamida qayd qilingan ota aniq olchash natijalariga kora amalga oshirilgan bolib, bunda asosiy etibor, yutilish effektining ahamiyatiga asoslangan edi (muayyan haroratda, sferik idish devorlariga yutilgan gazdagi turli aralashmalar, nisbatan yuqori haroratlarda qayta ajralib chiqib, gazning umumiy bosimining ortishiga sabab boladi).

XHSh-90, monoxromatik nurlanish uchun Plank qonuniga kora amaliy olchash mumkin bolgan haroratni 0.65 K ga orttirib qoyadi. U muayyan aniq qayd etilgan va tajribada oson qayta hosil qilinadigan harorat nuqtalariga asoslagan bolib, koplab harorat diapazonlari uchun, hisob boshi va tayanch nuqtasi sifatida xizmat qiladi.

XHSh-90 harorat shkalasi tortta diapazonga taqsimlangan. 0.65K dan 5K gacha bolgan harorat diapazoni, 3He va 4He ning bosim-harorat bogliqligiga asosan aniqlangan. 3K dan 24.5561 K gacha bolgan harorat diapazoni esa, Neonning uchlanma nuqtasiga asoslangan holda ishlaydigan, ota aniq sozlangan Geliyli gaz termometri yordamida hosil qilingan. 13.8033K (vodorodning uchlanma nuqtasi) dan, 1234.93K (kumushning qotish harorati) gacha bolgan diapazon, muayyan nuqtalardagi aniq qayd qilingan harorat qiymatlariga tayangan holda, ota aniq sozlangan platinali qarshilik termometrlarida aniqlangan. 12343.93K dan yuqori harorat diapazonlari, Plank nurlanish qonuni nuqtai nazaridan, hamda unga muvofiq keluvchi usul, oltinning qotish harorati 1337.33K kabi, muayyan aniq belgilangan harorat qiymatiga kora aniqlangan.

Biz shunga alohida urgu beramizki, 1K va 1C daraja qiymatlari (yani shkaladagi bolinmalari) ozaro teng. Shu tufayli ham, biz haroratlar farqi ?T boyicha ish korayotganimizda, harorat intervallari har ikkala shkalada aynan bir xil boladi. Moddaning haroratining 10C ga ortishi, bu aynan, 10 K ga ortishi ham demakdir. Yani,

?(T)=?T(C)

Bazi termodinamik ifodalarda, harorat T tarzida keltiriladi va uning C da, yoki K da ekanligi haqidagi savol ochiq qoldiriladi. Agar soz haroratlar farqi (?=b?T kabi ) haqida borayotgan bolsa, ulardan istalganidan foydalanish mumkin. Lekin, agar ifodalarda, haroratlar farqidan boshqacha bolgan (?=bT kabi) harorat nazarda tutilgan bolsa, unda, K qollanilishi lozim. Agar ifoda uchun birlik tanlashda ikkilanishlar paydo bolsa, doimo K ni tanlagan maqul, chunki, termodinamik ifodalar uchun K ni qollash orinsiz yoki, xato boladigan holatning ozi yoq, lekin, agar C dan foydalanilsa, natijaning xatolikka uchrashi ehtimoli yuqori bolgan termodinamik ifodalar bisyor.

Yangilаndi: 29.09.2014 03:02  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 805
O'qilgan sahifalar soni : 4221122

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis