Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

SI tizimining afzalliklari va ahamiyati

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

SI tizimining afzalliklari va ahamiyati

 

Tasavvur qiling, siz XIX asr Amerikasidasiz. Sizga bir necha miqdordagi mato zarur. AQSHda matolarni, umuman olganda uzunlikni dyum o‘lchov birligida o‘lchashadi. Dyum esa, odam bosh barmog‘i bo‘g‘ining uzunligiga teng. Endi o‘ylab ko‘ring, Sizning bosh barmog‘ingizdan ko‘ra menga mato sotayotgan sotuvchining bosh barmog‘i uzunroq bo‘lsa ho‘p-ho‘p, agar uning bosh barmog‘i kalta bo‘lsa-chi? Bu holda matoni Sizning barmog‘ingiz bo‘yicha o‘lchab olsangiz, Siz yutamasiz, aksincha holatda sotuvchi yutadi noholis holat shundaymi?...

Ushbu oddiy maishiy misoldan jiddiyroq miqiyosli misolga o‘tamiz: misolimiz tragik qiyofada: 1996-yilning kuzida Hindistonning Nyu-Deli shahri osmonida ikkita avialayner to‘qnashib ketdi. Biri - qozoqlarga tegishli, ikkinchisi - Saudiya arabistoni aviatsiyasi tarkibidagi yo‘lovchi tashuvchi layner. Jami bo‘lib 351 kishi falokat qurboni bo‘ldi.

Falokat sabablarini tekshirish bir oyga yaqin vaqtni oldi. Ekspert xulosalari e'lon qilingach, butun dunyoga achinarli va alamli tarzda ma'lum bo‘ldiki, Qozoq havo yo‘llari layneriga Hindiston yeridagi dispetcherlik markazi operatori, balandlikni egallash haqidagi buyruqni, fut o‘lchov birliklarida bergan ekan. Ekipaj uchuvchilariga esa, buyruqni metrda bajargan! Mana sizga o‘lchov birliklarining ahamiyati! Oddiygina fut va metr o‘rtasidagi munosabat tufayli aviatsiya tarixidagi qurbonlar soni bo‘yicha 4 o‘rinda turuvchi falokat yuz berdi.

Yuqoridagi ikki misol, o‘lchov birliklarining dunyo miqiyosida bir xillashtirish qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Va bu jarayon, Amerikaning «Jinoiy hangoma» filmi qahramonlari istehzo aytganidek, «Fransuz ekzotikasining kulgili elementi» ham emas.

 

Xalqaro birliklar tizimining dunyo miqiyosida joriy etilishi, yuqoridagi kabi ayanchli holatlarni oldini olishdan tashqari, xalqaro ilmiy tadqiqotlar natijalarini tushunishda, ishlab chiqarish vositalari va asbob uskunalarni loyihalashda, bino va inshootlardan foydalanishda, shuningdek ta'lim tizimidagi foydalanilayotgan o‘lchovlar orasidagi xilma xillika barham beradi.

Xalqaro birliklar tizimining shu vaqtgacha qo‘llangan va qo‘llanayotgan boshqa tizimlarga nisbatan muhim afzalligi shundaki, u - universial; o‘lchov birliklari bir xillashtirilgan - unifikatsiyalangan; asosiy va qo‘shimcha birliklar, ularning karrali va ulushli qiymatlari amaliyot uchun qulay tarzda mujassamlashtirilgan; kogerent, ya'ni, hosilaviy birliklar o‘lchamlarini aniqlovchi fizik tenglamalardagi proportsionallik koefitsientlari birga tenglashtirilgan tizimdir. Shu tifayli, Xalqaro birliklar tizimi tadbiq etilgan hollarda hisoblash formulalarining yozilishi ancha soddalashadi.

Hozirgi kunga kelib Xalqaro birliklar tizimi - SI o‘zining barcha afzallik taraflari bilan dunyoning ko‘plab davlatlarida tan olinib bo‘lindi va maxsus davlat qonunlari bilan qat'iy joriy etib qo‘yilgan. Biroq, ayrim ichki tamoyillarga ko‘ra SI ni rasman qabul qilmayotgan bir nechta davlat ham mavjud bo‘lib, ularning eng asosiysi - AQSHdir. Qolaversa, Liberiya va Myanma (Birma) davlatlari ham, hali hanuzgacha SI dan ko‘ra, fut, dyum va yard kabi okean orti tamoyillariga asoslangan nostandart birliklardan foydalanishni afzal bilmoqda.

O‘zbekiston respulikasida esa, 1993-yil, 28-dekabrda qabul qilingan «Metrologiya to'g'risidagi» O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan Xalqaro birliklar tizimi - SI davlatimizda foydalanishga yo‘lga qo‘yilgan, va o‘zStandart milliy agentligi tomonidan joriy etilgan maxsus Davlat standartlari - O‘zDst lar bilan muofiqlashtirib boriladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 18.03.2018 12:51  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 805
O'qilgan sahifalar soni : 4221052

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov