Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

MKSA tizimi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

MKSA tizimi

II-Jahon urushidan keyin jahon miqiyosida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi keskin ortdi. Xalq xo‘jaligi va sanoatda elektr energiyasi va elektronikaning ahamiyati hal qiluvchi ta'sir ko‘rsata boshladi. Ba'zi mamlakatlarda bu soha xalq xo‘jaligiga yetkazib beriladiga energiya hajmining deyarli 100% ulushini tashkil qilardi. Elektron lampalar va tranzistorlarning kashf etilishi, axborot texnologiyalari va axborot almashinuvi jarayonlarini ham to‘liq spektrda qamrab olinishiga zamin yaratdi. Elektrotexnika yana metrologik unifikatsiyaning yangi shakllariga ehtiyoj seza boshladi.

Elektrotexnika uchun MTS tizimining jiddiy noqulaylilari mavjud edi. Chunki MTSda, elektr birliklari uchun juda katta miqdorlar belgilangan bo‘lib, amalida qo‘llash uchun mushkulliklar keltirib chiqargan. SGS tizimida esa, elektr birliklari katta qiymatlarda ifodalanardi. Sonlarning ko‘p xonali bo‘lishi, hisoblashlarning matematik qismini murakkablashtirib yuborgan. Shu sabali, XX- asrning 50-yillarida, italyan olimi J. Jorji tavsiya qilgan Elektr va magnetizm sohalari bilan bog‘liq kattaliklarni o‘lchash uchun alohida birliklar tizimi - MKSA (metr, kilogramm, soniya, amper asosida) tizimi yana maydonga chiqdi.

Jorji tizimida asosiy birlik sifatida amperni qo‘llash ko‘zda tutilgan. Amperni elektr sohasi uchun asosiy birlik sifatida qabul qilish allaqachon - 1881-yildayoq Britaniya elektr etalonlari qo‘mitasi tomonidan ilmiy jamoatchilikka tavsiya etilgan edi. 1893 yilda esa amaliy elektr birliklari tarkibida rasman tasdiqlangan

MKSA esa 1950-yilda Xalqaro elektrotexnika komissiyasi tomonidan qabul qilingan. Aytib o‘tilganidek, bu tizim uchun asosiy birlik qilib, amper, kilogram, soniya va metr qabul qilingan edi. Bu tizimda quvvat birligi Joul taqsim soniya, kuch birligi esa Nyuton, bo‘lib, mazkur birlik Amerika Elektrotexnika jurnali tomonidan, buyuk olimning nomini abadiylashtirish maqsadida taklif qilingan edi.

Umuman olganda MKSA tizimi SIga juda yaqin. 1960 yilga kelib, MKSA birmuncha takomillashgan ko‘rinishda dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. U anchagina vaqt davomida o‘z qulayligi va hisoblashlar uchun soddaligi bilan amaliy ahamiyatini saqlab qoldi. Shuni aytib o‘tish kerakki, vaqt o‘tishi bilan MKSA ning turli variantlari ham ko‘payib ketdi. Masalan MKSM (asos uchun magnit kattaliklari), MKSY (yorug‘lik kattaliklari uchun), MKSG, MSS va ho kazo shakllari paydo bo‘lib, ular ham ba'zi davlatlarda milliy standartlar tarkibiga kiritilib yuborildi.

Yangilаndi: 18.02.2019 11:53  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 810
O'qilgan sahifalar soni : 4538071

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)